"Paxtakor"ning o‘yindagi turli jihatlar bo‘yicha jamoaviy ko‘rsatkichlari

  • 14.07.2021 20:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Paxtakor" klubi matbuot xizmati jamoaning Superligada qayd etgan turli statistik ma’lumotlarini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, "Paxtakor" barcha jihatlarni o‘zida jamlagan umumiy reytingda 240 ball jamg‘argan. Bu borada keyingi pog‘onalarda "Nasaf", AGMK, "Bunyodkor" va "Navbahor" turibdi.

Eng ko‘p golli vaziyatlarni "Paxtakor" yaratgan - 66ta. AGMK 47, "Lokomotiv" 43, "Qo‘qon-1912" 41 va "Metallurg" 40ta shunday imkoniyatlarni sodir etgan.

Darvozaga aniq zarba berishda ham "sherlar" etakchilik qilmoqda. "Paxtakor" 54 marta raqib darvozasi sari aniq zarba bergan. "Lokomotiv" 43, AGMK esa 40 bor shunday zarba yo‘llagan.

To‘p uzatmalarining umumiy soni bo‘yicha "Paxtakor" boshqalardan ancha o‘zib ketgan. Bir o‘yinda o‘rtacha uzatmalar 501tani tashkil qilib, aniqlik 87 foiz miqdorda kuzatilmoqda. Hal qiluvchi uzatmalar borasida ham "Paxtakor" 45ta uzatma bilan peshqadam bo‘lib turibdi.

Raqibni muvaffaqiyatli aldab o‘tish borasida ham "Paxtakor" peshqadam. 124ta shunday harakat ijobiy tugab, 66 foiz holatlarda bu urinish muvaffaqiyatli sanaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!