"Pekin-2022": Rossiya va Belarus biatlon jamoalari tarkibni e’lon qildi

CHERY AUTO

Biatlon bo‘yicha "Pekin-2022" Olimpiada tsikli yakunlangach, bir qator terma jamoalar qo‘lga kiritgan kvotalari bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibini e’lon qilishni boshladi. Hozircha Rossiya va Belarus jamoalari murabbiylar shtabining Pekinga olib boradigan tarkibi ma’lum.

Tecno

Rossiya Olimpiya qo‘mitasi tarkibi:
Erkaklar: Eduard Latipov, Aleksandr Loginov, Daniil Seroxvostov, Karim Xalili, Maksim Tsvetkov.

Ayollar: Kristina Reztsova, Svetlana Mironova, Ulyana Nigmatullina, Irina Kazakevich, Valeriya Vasnetsova.

Belarus:
Erkaklar: Anton Smolskiy, Maksim Vorobey, Nikita Lobastov, Dmitriy Lazovskiy, Roman Eletnov.

Ayollar: Dinara Alimbekova, Anna Sola, Irina Leshenko, Irina Kruchinkina, Elena Kruchinkina.

Ma’lumot uchun, har ikki jamoa ushbu Olimpiadaga 5+5 ko‘rinishida kvota qo‘lga kiritgan. 4 yil avval "Pxyonchxan-2018" qishki Olimpiadasida rossiyalik biatlonchilar medalsiz qolishgan edi. Belarus jamoasi esa 1 tadan oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!