"Persepolis" direktori Sergeev haqida gapirdi

  • 06.01.2026 00:59
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Persepolis" klubi bosh direktori Persepolis TV orqali chiqish qilib, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev bilan rasmiy shartnoma imzolash marosimi davomida muxlislarga klub va jamoaga oid qator masalalar, qishki transferlardan tortib infratuzilmani rivojlantirishgacha batafsil tushuntirish berdi.

Sergeev transferi boʻyicha olib borilgan muzokaralar haqida Paymon Haddadi quyidagilarni aytdi:

"Biz oʻtgan yili Oʻzbekistonda “yil toʻpurari” va “yilning eng yaxshi futbolchisi” deb topilgan Igor Sergeev bilan muzokaralar olib bordik. U bilan kelishuv 1,5 mavsumga moʻljallangan. U jahon chempionatida porlab, oʻz mamlakatining terma jamoasiga yordam beradi, deb umid qilamiz", — dedi Haddadi. 

Maʼlumot uchun, tehronliklar safida yana bir yurtdoshimiz Oston Ūrunov ham harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!