"Persepolis"dagi debut golidan so‘ng Sergeev nimalar dedi?

  • 23.01.2026 19:48
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Eron Pro ligasining 17-turi doirasida "Persepolis" o‘z maydonida "Sepahon" jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Mezbonlar safidagi gollarga o‘zbekistonlik futbolchilar — Oston Urunov va Igor Sergeev mualliflik qildi.

Uchrashuvdan so‘ng Sergeev o‘zining ilk goli, Urunov bilan o‘zaro hamkorlik hamda so‘nggi daqiqalarda olgan qizil kartochkasi haqida fikr bildirdi.

"Ushbu bahs biz uchun juda qiyin kechdi. Debyut golimni urganimdan albatta xursandman, ammo so‘nggi daqiqalarda qizil kartochka olganim afsuslanarli holat bo‘ldi. Shunga qaramay, qo‘lga kiritilgan 3 ochko jamoa uchun juda muhim edi. Qorli ob-havoda o‘ynash oson emas, biroq “Persepolis”dagi barcha futbolchilar haqiqiy jangchi va kuchli", — dedi u.

Shuningdek, Sergeev golli epizodda jamoadoshiga alohida minnatdorchilik bildirdi:

"O‘ylaymanki,Oston meni orqasida ekanligimni ko‘rdi va “Persepolis”dagi birinchi golimni urishimda menga katta yordam berdi. Bu uchun unga rahmat aytaman. Ushbu gol mening o‘ziga bo‘lgan ishonchimni yanada oshirdi".

Hujumchi so‘zining yakunida jamoa bosh murabbiyidan uzr so‘radi:

"Qizil kartochka olganim va keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradigan bo‘lganim uchun bosh murabbiydan uzr so‘rayman. Barcha muxlislarimizga rahmat. “Persepolis” — mening jamoam. Biz har bir uchrashuvda g‘alaba qozonish uchun kurashamiz".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!