PFL Gran-prisi g‘olibi bir yilga musobaqalardan chetlatildi

  • 18.12.2025 12:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

️USADA yarim engil vazn toifasida PFL Gran-prisi g‘olibi Movlid Xaybulaevni diskvalifikatsiya qildi.

35 yoshli jangchining 1 avgust kuni PFL "World Tournament Finals" musobaqasida topshirgan namunasida rekombinant eritropoetin moddasi aniqlangan.

Amaldagi PFL dopingga qarshi qoidalarining 10.2-bo‘limiga ko‘ra, taqiqlangan moddalarni iste’mol qilganlik uchun diskvalifikatsiyaning standart muddati olti oyni tashkil etadi, ammo ba’zi hollarda bir yilgacha uzaytirilishi mumkin. Ushbu vaziyatda rossiyalik moddaning tabiati va musbat test topshirilgan davr tufayli maksimal chetlatish muddatini oldi.

Ma’lumot uchun, Xaybulaevning diskvalifikatsiya muddati namuna olingan vaqt - 2025 yil 1 avgustdan boshlab hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!