PFL o‘z chempionini kamardan mahrum etdi

  • 18.12.2025 12:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Rossiyalik Movlid Xaybulaev diskavlifikatsiya qilingach, PFL ligasi bayonot berib, uni 2025 yildagi chempionlik unvoni va mavsum g‘olibi maqomidan mahrum etdi.

"PFL qoidalari va reglamentiga muvofiq, Xaybulaev 2025 yilgi PFL turniridan diskvalifikatsiya qilindi. Liga qoidalari bo‘yicha diskvalifikatsiya qilinishi natijasida Movlid 2025 yilgi PFL turnirining yarim engil vazn toifasidagi chempionlik unvoni, chempionlik kamari va u bilan bog‘liq barcha bonus mukofotlaridan mahrum etiladi", - deya bayonot berdi liga mutasaddilari.

Eslatib o‘tamiz, Xaybulaev 2025 yil 2 avgust kuni Xesus Pinedoni engib, PFL Gran-Prisi g‘olibiga aylangandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!