Pike 2 mln evro jarima to‘laydigan bo‘ldi
Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Jerar Pikega moliyaviy sanktsiyalar qo‘llanilgan. Bu haqda ispan nashrlari xabar tarqatmoqda.
Ispaniya milliy sudi 32 yoshli futbolchini 2 mln evro miqdorida soliq jarimalarini to‘lashga hukm qilgan. Eslatib o‘tamiz, bundan avval Pike soliqlardan bo‘yin tovlaganlikda ayblanayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Pike o‘tgan mavsum “Barselona” safida jami 52ta o‘yinda maydonga tushdi va 7ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar