Pike: Ramos bilan munosabatlarimiz juda yaxshi
“Barselona” klubi himoyachisi Xerard Pike “Real” sardori Serxio Ramos bilan o‘zaro munosabatlari yaxshi emasligi haqidagi gap-so‘zlarga nisbatan yana bir bor o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Ramos bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Biz birgalikda Ispaniya terma jamoasida uzoq vaqtdan buyon birga to‘p surib kelamiz. Biroq, shanba kuni har kim o‘z jamoasi sharafini himoya qiladi”, - deydi Pike Marca nashriga bergan inetrvyusida.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” va “Real” o‘rtasidagi navbatdagi “El-klassiko” ertaga “Kamp-Nou” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 20:15da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” chempionatning ortda qolgan 13ta turi yakunlariga ko‘ra “Real”dan 6 ochkoga ortda qolmoqda. Madridliklar hisobida 33 ochko mavjud va ular mos ravishda turnir jadvalining 1-pog‘onasida borishmoqda.



Fikrlar