Pirlo hujumchiga chiqish eshigini ko‘rsatib qo‘ydi

  • 26 avgust, 2020, 13:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo argentinalik hujumchi Gonsalo Iguain jamoani tark etishini e’lon qildi.

- Men Iguain bilan gaplashdim. Unga qoyil qolganman. Bu erda faoliyatining muhim qismini o‘tkazdi va zo‘r o‘yinchi ekanini ko‘rsatdi. Lekin endi yo‘llarimiz ayriladi. Biz jiddiy gaplashib olib, qat’iy qarorga keldik, - dedi Pirlo.

32 yoshli Iguain turinliklar safiga 2016 yilda “Napoli”dan kelib qo‘shilgan. Shu paytga qadar “Yuventus” bilan uch marta Italiya chempioni va ikki marotaba mamlakat kubogi sohibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!