Pirlo murabbiylikni boshlamoqchi

  • 24 aprel, 2020, 18:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Italiya futboli afsonalaridan biri Andrea Pirlo murabbiylik faoliyatini boshlashga tayyor ekanini aytdi.

“Men litsenziya olish uchun mehnat qildim va sentyabrda uni olishim kerak edi. Ammo, hozir hamma narsa to‘xtatildi.

Ayrim jamoalar bilan hatto muzokaralar ham o‘tkazildi. Endi nima bo‘lishini ko‘ramiz. Men xorijda ishlashga tayyorman va bu borada menda hech qanday muammo yo‘q. Dunyoning istalgan jamoasini boshqarishim mumkin. Futbolni u qadar qattiq sog‘inmayapman, men yangi chaqiruvlarga tayyorman”, - deydi Pirlo.

Andrea Pirlo 2017 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!