Pirlo Rabo haqida qanday fikrda?

  • 22 noyabr, 2020, 20:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo "Kalyari"ga (2:0) qarshi o‘yindan so‘ng, frantsiyalik yarim himoyachi Adrien Rabo haqida iliq fikr bildirdi.

“Rabo ko‘p qirrali o‘yinchi. Bunday texnik va jismoniy tomondan kuchli futbolchini kam uchratganman. U hatto qanday imkoniyatlarga ega ekanini tasavvur ham qila olmaydi. U o‘yindan-o‘yinga yaxshilanib boradi”, - dedi Pirlo.

Rabo “Yuventus” safiga 2019 yil PSJdan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum A Seriyada 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!