
Pirlo Ronalduni o‘ynatmaydigan bo‘ldi
“Yuventus” bosh murabbiyi Anrea Pirlo A Seriyaning 9-turida jamoa to‘purari Krishtianu Ronalduni o‘ynatmaslikka qaror qildi.
Italiyalik mutaxassis liga debyutanti “Benevento” qarshi uchrashuvda 35 yoshli hujumchidan foydalanmoqchi emas va unga dam beradigan bo‘ldi. Umuman olganda, Pirlo mavsum boshlanishidan avval Ronalduni asosan muhim o‘yinlarda maydonga tushirishini aytgandi.
“Yuventus” hozircha 16 ochko bilan musobaqa jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Ronaldu esa shu paytgacha A Seriyada beshta uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta gol urdi.
Fikrlar