
Pirlo "Yuventus"ni baribir EChLga olib chiqmoqchi
“Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo Superliga tashkil etilganiga qaramay, EChLga chiqish vazifasini bajarish haqida o‘ylamoqda. U bu haqda bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Biz diqqatimizni jamlaganmiz. Ushbu mavsumdagi yakuniy vazifamiz Chempionlar ligasiga chiqish bo‘ladi.
Superliga? Men bu haqda gapira oladigan odam emasman. Bugun ertalab Andrea Anelli (klub prezidenti) tafsilotlarga berilmasdan, gap nimadaligini tushuntirib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, eng muhimi hozirgi zamonga e’tibor qaratishdir", - dedi Pirlo.
“Yuventus” Superligada ishtirok etadigan 12 ta klubdan biridir. Uning prezidenti Andrea Anelli Superliga prezidenti o‘rinbosari hisoblanadi.
Fikrlar