
Pirloning birinchi transferi “Barsa” futbolchisi bo‘ladi
“Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo o‘zi bilan birga o‘ynagan Arturo Vidalni Turinga olib keladigan bo‘ldi.
Bu ikki futbolchi 2011-2015 yillar davomida “Yuventus”da birga to‘p surgan va jami to‘qqizta sovrinni qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng, Pirlo “Nyu-York Siti”ga o‘tib ketgan bo‘lsa, Vidal “Bavariya” taklifini qabul qilgan. Chililik futbolchi 2018 yilda “Barselona”ga o‘tdi.
Ayni paytda Arturo Vidal yangi bosh murabbiy Ronald Kuman rejasiga kiritilmadi va jamoani tark etadigan futbolchilar qatoriga qo‘shib qo‘yildi. 33 yoshli futbolchi do‘stining yoniga qaytishga qarshi emas.
Fikrlar