Pley-off taqdiri ochiq qoldi

  • 22.05.2026 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bundesliga pley-offining birinchi uchrashuvida “Volfsburg” va “Paderborn” 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

“Volfsburg” o‘z maydonida ustunlikka ega bo‘lishga harakat qildi, ammo jamoa yaratgan imkoniyatlardan foydalanа olmadi.

“Paderborn” esa intizomli himoya bilan raqib hujumlarini to‘xtatib turdi va javob o‘yini oldidan yaxshi natija qayd etdi.

Uchrashuv davomida har ikki jamoada ham golli vaziyatlar bo‘ldi, ammo darvozabonlar ishonchli harakat qildi.

Endi pley-offning javob bahsida qaysi jamoa kelasi mavsum Bundesligada ishtirok etishi hal bo‘ladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!