Pochettino: "Barselona"ni boshqarishdan ko‘ra, Argentinada dehqonchilik qilganim yaxshi"
Maurisio Pochettino nima uchun "Barselona"ga hech qachon murabbiylik qilmasligini aytdi.
"Barselona"ga murabbiylik qilishdan ko‘ra, Argentinadagi fermada ishlashni afzal ko‘raman, degan ibora? U hali ham yaxshi, shunday emasmi?
Men o‘zimni to‘liq "Espanol"ga bag‘ishlaganman. Odamlar doim menga: "Agar qachondir "Barsa" senga taklif bilan chiqsa, ko‘ramiz, nima der ekansan", deyishadi. Aytishim mumkinki, "Barselona"ga murabbiylik qilmagan bo‘lardim.
Men har doim buni tushuntirishga va hech kimni xafa qilmaslikka harakat qilaman... Aytishlaricha, "Barsa" - shunchaki klub tushunchasidan kattaroq. Bu nima degani? Bolalarga qanday g‘oyalarni singdirish kerak? Menimcha, "Barselona" bu borada adashmoqda. Har bir futbol jamoasining o‘z madaniyati bor va "Barsa" - ajoyib klub, ammo ular odamlarni nimaga ishontirmoqchi ekanliklariga qo‘shilmayman.
Menimcha, "Espanol" "Barselona"dan ko‘ra ancha mustaqil va toza katalon klubi", - dedi AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi Xosep Pedrerolga bergan intervyusida.



Fikrlar