Pochettino: Messi — eng zo‘ri. Keyin esa...

  • 3 avgust, 2022, 11:47
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning fikricha, Lionel Messi ayni damda dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lib qolmoqda.

Tecno

“Messi — dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Bunga hech qanday shubha yo‘q. Shundan so‘ng Mbappe bu nomga asosiy nomzod bo‘lib turibdi. Neymarni ham esdan chiqarmaslik. Boisi, u ham dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri”, - deya Pochettinoning so‘zlarini keltiradi “PSG Talk” nashri.

35 yoshli futbolchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. Messi o‘tgan mavsumda PSJning barcha musobaqalar doirasidagi 34 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11 gol va 14 golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!