Pochettino PSJ bilan qancha muddatga shartnoma imzolaydi?
“Tottenxem”ning sobiq ustozi Maurisio Pochettino tez orada PSJ bosh murabbiyiga aylanadi. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, tomonlar o‘zaro 3 yillik shartnoma imzolaydi.
48 yoshli argentinalik mutaxassis bu borada 2018 yilning mayidan buyon ishlab kelayotgan va kecha iste’foga chiqarilgan Tomas Tuxelning o‘rnini egallaydi.
Pochettinoning so‘nggi ish joyi “Tottenxem” klubi bo‘lgan edi. “Shporlar” uni 2019 yilning noyabrida iste’foga chiqargan va shundan buyon u ishsiz hisoblanadi. Maurisio faoliyati davomida “Sautgempton” (2013-2014) va “Espanol” (2009-2012) klublarini ham boshqargan.

Fikrlar