Pochettino: “Tottenxem”da Evropaning eng yaxshi klubiga aylanish imkoni bor

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

“Tottenxem” jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning fikricha, uning klubi yangi mavsumda yangi stadionda muvaffaqiyatga erishadi.

“O‘zimiz uchun o‘z uyimizda his qiladigandek joy kerak. Yangi stadionda barchasi barqaror bo‘lishi kerak. Menimcha, bu eng muhimi. Joriy mavsumda uy bellashuvlarini “Uembli”da o‘tkazib, o‘zimizni yaxshi his qildik.

Biroq yangi mavsumda barchasi o‘zgaradi va biz boshqa arenada o‘ynaymiz. Bu o‘zini oqlash emas, haqiqat. Muxlislar uchun ham yangi stadion qulay bo‘lishi lozim. “Tottenxem”da Evropaning eng yaxshi klubiga aylanish imkoni bor”, – dedi Pochettino.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!