Pochettinoga Ispaniyadan ish topildi

  • 10 may, 2022, 21:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ yozda bosh murabbiy Maurisio Pochettino bilan xayralashadi. Parijliklarga bu murabbiy Chempionlar ligasida muvaffaqiyatsiz qatnashgani yoqmadi.

Argentinalik mutaxassis anchadan beri “Manchester Yunayted”ni boshqarish istagini bildirib kelayotgan edi, biroq ular Erik ten Xagni tanladi.

Shunga qaramay, Parijni tark etishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Pochettinoga Ispaniya chempionati vakili “Atletik”dan jiddiy taklif bo‘ldi. Ma’lumotlarga qaraganda, bilbaoliklar Pochettinoning agentlari bilan aloqa o‘rnatib, bo‘lajak hamkorlikni muhokama qilgan.

Argentinalik mutaxassis bosh murabbiy sifatida “Espanol”, “Sautgempton” va “Tottenxei”dan ham ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!