Asosiy mazmunga oʻtish

Pochettinoga Italiyaning katta klubidan ish topildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Yaxshi murabbiy ishsiz qolmaydi

“Chelsi” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoani chempionlik uchun kurashadigan darajaga olib chiqa olmagan bo‘lsa-da, unga boshqa katta klublardan ish chiqyapti.

“Aristokratlar” mavsum yakunlangach, argentinalik mutaxassis bilan xayrlashishi mumkin.

Pochettino ishsiz qolmaydi. Yaqinda unga Madridning “Atletiko” jamoasi qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilgandi.

La Repubblica nashriga ko‘ra, 52 yoshli mutaxassisni “Milan” bosh murabbiy sifatida ishlatmoqchi. Milanliklar Pochettinoni taklif etiladigan mutaxassislar ro‘yxatiga qo‘shdi va agar “Chelsi” Maurisioni lavozimidan ozod etsa, “Milan” mutasaddilari muzokarani boshlaydi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q