Pochettinoga PSJ kerak emas. U boshqa jamoa tanladi

  • 28 may, 2021, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJni chempion qila olmagan Maurisio Pochettino klubni tark etishni istamoqda. Manbalarning xabar tarqatishicha, 49 yoshli mutaxassis PSJda o‘zini erkin his qila olmayapti va bosim ostida ishlamoqda. O‘rtada rahbariyat bilan ham gap qochib qolgan.

Argentinalik mutaxassis sobiq jamoasi “Tottenxem”ni boshqarmoqchi va bu borada muzokaralarni ham boshlab yuborgani haqida xabarlar tarqatilyapti.

PSJ xo‘jayinlari esa Pochettinoni qo‘yib yubormoqchi emas va yana bir yil davom etadigan shartnomaning oxirigacha Parijda ishlashini talab qilishmoqda.

Vaziyat hamon chigalligicha qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!