Pochettinoning PSJdagi maoshi ma’lum bo‘ldi

  • 15 yanvar, 2021, 14:54
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Parij klubidagi dastlabki mavsumida 6,3 million evro ishlab topadi.

Le Parisien nashri ma’lumotiga ko‘ra, PSJ rahbariyati navbatdagi mavsum uchun argentinalik murabbiyga 7,5 million evro to‘lab beradi. Qayd etilishicha, yangi mavsumda Pochettino avvalgi murabbiy Tomas Tuxeldan ikki barobar ko‘p maosh oladi.

Tuxel "Pari Sen Jermen" boshqaruviga 2018 yilda kelgan va 2020 yil so‘nggida iste’foga chiqarilgan edi. Pochettino esa 2019 yil noyabrida "Tottenxem" bosh murabbiyligidan bo‘shatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!