Pogba o‘rniga "Roma"dan o‘yinchi olamiz!

  • 31 iyul, 2022, 10:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus”ga qaytgan Pol Pogba jarohati tufayli uzoq muddat jamoasiga yordam bera olmaydi. Turinliklar uni o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi qidirmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Yuventus” yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar “Roma” yarim himoyachisi Jordan Veretuni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Aslida 29 yoshli futbolchi bir necha marta Frantsiya terma jamoasiga ham Pogbaning o‘rniga jalb etilgan edi.

Veretuga “Marsel” klubi ham jiddiy xaridor bo‘lmoqda. Rimliklar o‘z o‘yinchisini 12 million evroga baholagan.

Frantsiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda ellik marta maydonga tushib, to‘rtta gol va o‘nta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!