
Pogba “Yuventus”da mashhur raqam ostida o‘ynaydigan bo‘ldi
So‘nggi bir necha oy davomida ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan Pol Pogbaning yangi jamoasi nihoyat ma’lum bo‘ldi. "Yuventus" bugun frantsiyalik yarim himoyachi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.
Pol oxirgi olti yilni “Manchester Yunayted”da o‘tkazdi va mavsum yakunlanganidan keyin erkin agent maqomida "keksa sinora" safiga ko‘chib o‘tdi.
Shuningdek, Pogbaning "Yuventus"da qaysi raqam ostida to‘p tepishi ham ma’lum bo‘ldi. Frantsiyalik yarim himoyachi Turin klubida futbol olamida mashhur bo‘lgan 10-raqamni o‘ynaydigan bo‘ldi.
Oldin "Yuventus" safida Paulo Dibala shu raqam ostida harakat qilgan. Argentinalik futbolchi klubni tark etganidan keyin “Yuve”da 10 bo‘sh qoldi.
Eslatib o‘tamiz, Pol Pogba 2012-2016 yillar davomida "Yuventus" sharafini himoya qilgan.
Fikrlar