Pogbaning ko‘nglini pul bilan olishmoqchi

  • 16.08.2021 17:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ rahbariyati kelasi yozda Pol Pogbani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Frantsiyalik yarim himoyachi “Manchester Yunayted” bilan shartnomasini uzaytirmaslikka va mavsum oxirida erkin agent sifatida Manchesterdan ketishga qaror qildi.

Aslida Pol Pogba kelasi yozda “Real”ga o‘tishi kutilayotgan edi. Biroq Parij klubi katta maosh va’da qilish orqali uning yo‘lini Frantsiyaga burib yuborishi mumkin.

PSJ  28 yoshli yarim himoyachiga hozirdan haftasiga 600 ming evro maosh va’da qilmoqda. Agar Pogba shunga ko‘rsa, yiliga 31 million evroga yaqin pul topadi.

Pol Pogba yangi mavsumning ilk uchrashuvida jamoadoshlariga to‘rtta golli pas oshirib, jamoasining rekordini yangiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!