Pol Ins: Pogba - o‘rtamiyona futbolchi

  • 7 dekabr, 2018, 14:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi sobiq yarim himoyachisi Pol Ins jamoaning frantsiyalik xavbeki  Pol Pogba va belgiyalik hujumchisi Romelu Lukakularni jiddiy tanqid qildi.

Tecno

“Har safar “Yunayted” haqida gapirganimda albatta Pogba va Lukakuni tilga olaman. Ochig‘i bundan judayam charchadim.

“Arsenal”ga qarshi bahs ushbu ikki futbolchining maydonga tushirilgunicha judayam ajoyib va qiziqarli kechayotgan edi.

Mourino shu kuni Pogba va Lukakuni zaxirada olib qolib to‘g‘ri ish qildi. Shaxsan men uchun ham ular qiziq emas. Ular shunchaki etarlicha mahoratga ega emas.

Pogbani jahon darajasidagi futbolchi bo‘lishi haqida gapirildi. Ammo u aslida o‘rtamiyona futbolchi”, - deydi Ins.

Ma’lumot uchun, Pogba joriy mavsum APLda jami 14ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!