Politsiya nega Ronalduni bezovta qilyapti?

  • 14.07.2020 11:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madeyra politsiyasi Krishtianu Ronalduning 10 yoshli o‘g‘li tufayli futbolchini jarimaga tortmoqda.

Gap shundaki, ijtimoiy tarmoqlarda kenja Krishtianu Ronaldu mustaqil tarzda gidrotsikl boshqarayotgani aks etgan video tarqalgan. Bu video tezda o‘chirib tashlanganiga qaramay, qonun muhofazachilari e’tiboriga tushib ulgurgan.

Madeyra dengiz politsiyasi boshlig‘i Gerreyru Kardosu jurnalistlarga bu vaziyat bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Politsiya ushbu gidrotsikl kimga tegishli ekanini aniqlashga harakat qilmoqda.

Qonunchilikka ko‘ra, gidrotsiklni boshqarish uchun kattalarga beriladigan maxsus litsenziya talab etiladi. Endi Ronaldu o‘g‘lining qilmishi uchun jarima tortilishi kutilmoqda.

1594697583_2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!