
"Portu" Falkaoni ortga qaytarmoqchi
"Portu" klubi rahbariyati jamoaning “Monako”da to‘p surayotgan sobiq hujumchisi Radamel Falkaoni ortga qaytarish haqida o‘ylay boshladi.
Le 10 Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Portugaliya grandi 33 yoshli kolumbiyalik futbolchiga taklif bilan chiqqan va hozirda uning javobini kutmoqda.
Ta’kidlash kerakki, Falkao uchun kurashda shuningdek Turkiyaning “Galatasaroy” klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, Falkao o‘tgan mavsum “Monako” safida jami 39ta o‘yinda maydonga tushdi va 16ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar