Portugaliya prezidenti koronavirusga chalingan Ronaldu haqida gapirdi
Portugaliya prezidenti Marselu Rebelu de Souza koronavirusga chalingan hujumchi Krishtianu Ronalduga sog‘lik tiladi.
“Bundan xabarim bor va unga eng yaxshi tilaklarni tilayman. Men [Portugaliya futboli] federatsiya vakillari bilan suhbatlashdim, ularda har kuni o‘tkaziladigan testlar tizimi mavjud. Futbolchilar bu erga turli mamlakatlardan keladi, shuning uchun kuchli nazorat mavjud.
Menga boshqa hech kim yuqtirilmaganligini aytishdi. Ular bundan avvalroq testdan o‘tishgan, keyin yana takror test topshirishgan. Hech qanday alomat yo‘q.
Ertaga terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Bilaman, ular Ronaldusiz ham g‘alaba qozongan”, - dedi prezident.
Portugaliya terma jamoasi ertaga o‘z maydonida Shvetsiyaga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.
Fikrlar