Portugaliyaliklar Ronaldudan voz kechdi
Portugaliya terma jamoasi muxlislari Millatlar ligasi doirasida Ispaniya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda Krishtianu Ronalduning ilk daqiqalardan to‘p tepishiga qarshi chiqmoqda.
Portugaliyaning mashhur A Bola nashri bu borada maxsus so‘rov o‘tkazdi. Unga ko‘ra, so‘rovnomada qatnashgan muxlislarning 57 foizi 37 yoshli hujumchi ilk daqiqalardan o‘ynamasligi tarafdori ekanini bildirgan.
Bundan tashqari, A Bola nashrining navbatdagi soni “Kamroq Ronaldu – ko‘proq Portugaliya” sarlavhasi ostida maqola e’lon qildi.
Ushbu maqolada jahon futbolida terma jamoa uchun gol urish bo‘yicha rekordchi sifatida qayd etilganiga qaramay, Krishtianu Ronaldu zaxirada qolishi kerakligi ta’kidlangan. Portugaliyalik muxlisu mutaxassislarga qariya hujumchining keyingi paytda samaradorligi sezilarli darajada pasayib ketgani xavotirga solyapti.

Fikrlar