Prezident “Real”ga muxlislik qilishini aytdi

  • 12.05.2023 21:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

La Liga prezidenti Xaver Tebas Madridning “Real” klubiga bo‘lgan munosabatini ochiq aytdi.

Ispaniya vakillari orasida “Real” xalqaro maydondagi turnirlarda ishtirokini davom ettirayotgan yagona jamoa hisoblanadi.

Karlo Anchelotti shogirdlari Evropa Chempionlar ligasining yarim finalida “Manchester Siti” bilan raqobatlashmoqda va yarim finalning Madridda o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvida 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Chempionlar ligasida “Manchester Siti” bilan to‘qnashuvda “Real”ga muxlislik qilayapman, albatta. Meni madridliklar muxlisi, deb hisoblashingiz mumkin, lekin Florentino Peres tarafdori emasman, dedi Xaver Tebas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!