Pro-liga. "Lokomotiv" safarda "Xorazm"ni taslim etdi
Pro-liganing 4-turida o‘rin olgan "Xorazm" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yinda mehmonlar 2:1 hiobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 5-daqiqada Azizbek Bahromov hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lib boshida Boyan Naydenov penaltilan unumli foydalanib, imkoniyatlarni tenglashtirgan bo‘lsa, 84-daqiqada Rustam Soirov g‘alaba golini urib ketdi.
Shu tariqa, 3 ochkoni qo‘lga kiritgan "Lokomotiv" turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Xorazm" esa 9-pog‘onadan joy oldi.



Fikrlar