Pro-liga. "Mash’al" ilk g‘alabasini "G‘ijduvon" ustidan qo‘lga kiritdi

  • 30 mart, 2023, 19:08
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Pro-liga 3-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "G‘ijduvon" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda maydon egalari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Muborakliklar tarkibida Giorgadze, Petrov va Sa’dullaev o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Mehmonlarning yagona golini Boysariev kiritdi. 

Shu tariqa, "Mash’al" mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 3 ochko bilan 6-o‘ringa chiqib oldi. "G‘ijduvon" hisobida hali ochko mavjud emas va klub o‘z-o‘zidan so‘nggi pog‘onani band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!