
Professional boks. WBC reytingi yangilandi yohud Isroil Madrimov kuchli 15 likda
Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan Butunjahon boks kengashi (WBC) 2022 yilda ilk yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda Isroil Madrimov kuchlilar safiga qo‘shilib, 11-o‘ringa loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, Qudratillo Abduqahhorov 15 likni tark etdi. Boshqa yo‘nalishlardan farqli o‘laroq, WBC 40 talik reytingni tuzib chiqadi. Hamyurtlarimiz egallab turgan o‘rinlar bilan batafsil tanishing:
Super o‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Azizbek Abdugafurov 28-o‘rin, Bektemir Meliqo‘ziev 40-o‘rin;
Super yarim o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 11-o‘rin;
Yarim o‘rta vazn (66,6 kg): Qudratillo Abduqahhorov 18-o‘rin;
Super engil vazn (63,5 kg): Shohjahon Ergashev 21-o‘rin;
Birinchi yarim engil vazn (55,3 kg): Islombek Pirmanov 40-o‘rin;
Birinchi o‘ta engil vazn (48,8 kg): Hasanboy Do‘smatov 16-o‘rin.
Fikrlar