
Professional bokschimizning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi
Professional boksning o‘rta vazn toifasida janglar o‘tkazib kelayotgan Hurshidbek Normatov (10-0, 3 KO) o‘zining navbatdagi bahsini 11 mart kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Dedvud shahrida o‘tkazadi. "ShoBox: The New Generation" doirasi bo‘lib o‘tadigan kechada unga amerikalik Vernon Braun (13-1-1, 9KO) raqiblik qiladi. Jang 8 raund etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Normatov 2020 yil 28 yanvar kuni o‘zining oxirgi jangi Uriel Hernandez ustidan ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar