PSJ – “Marsel” o‘yinida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Frantsiya politsiyasi PSJ a “Marsel” o‘rtasidagi uchrashuv chog‘ida “Park de Prens” stadionida portlashni amalga oshirishini aytgan shaxsni qo‘lga oldi.
Footmercato nashrining ma’lum qilishicha, tahdid qilgan shaxsning qidiruvi bir necha soat davom etgan va unga juda ko‘p politsiyachilar jalb qilingan. Nihoyat, shumxabar tarqatgan shaxs Parijning 15-okrugida, metro yaqinida hibsga olingan.
Tintuv chog‘ida undan portlovchi moddalar topilmagan. Bu kimsa politsiyachilarga o‘zini razvedka xizmati xodimi ekanini iddao qilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, qo‘lga olingan shaxs ruhiy kasalliklar bo‘yicha shifokorlar ko‘rigidan o‘tkaziladi.



Fikrlar