PSJ A Seriyaning eng yaxshi himoyachilaridan birini qo‘lga kiritmoqchi
"Pari Sen-Jermen" "Atalanta" himoyachisi Timoti Kastan xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Le 10 Sport nashri xabariga ko‘ra, parijliklar 24 yoshli futbolchini erkin agent sifatida "Borussiya"ga yo‘l olgan Toma Menega o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Ta’kidlanishicha, "Atalanta" rahbariyati ham keyingi yil yozida shartnomasi yakunlanadigan belgiyalik futbolchini sotib yuborishga tayyor.
Joriy mavsumda Kastan "bergamoliklar" safida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol kiritib, 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar