PSJ Aguero uchun kurash boshladi

  • 30.03.2021 16:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubi yozda "Manchester Siti"dan ketishini e’lon qilgan Serxio Aguero uchun kurash boshladi. Bu haqda Todo Fichajes nashri xabar bermoqda.

32 yoshli argentinalik futbolchi bilan shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralar bilan shaxsan bosh murabbiy Maurisio Pochettino va sport direktori Leonardo shug‘ullanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Agueroning “Siti” bilan shartnomasi mavsum yakunlangach o‘z nihoyasiga etadi va shu sababli u yangi jamoasi safiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!