PSJ Allining transferi bo‘yicha yana taklif yubormoqchi

  • 11.12.2020 17:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

PSJ hamon "Tottenxem" yarim himoyachisi Dele Allini sotib olish fikridan qaytgani yo‘q.

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Frantsiya chempioni yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida 24 yoshli angliyalik futbolchining transferi bo‘yicha yangi taklif yubormoqchi. Parijliklar davralar oralig‘ida Allini sotib olish imkoniyatlarini yuqori baholamoqda.

Alli joriy mavsum “Tottenxem” safida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!