PSJ besh futbolchi xizmatidan voz kechdi

  • 16 avgust, 2024, 20:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionligiga asosiy da’vogar sanalayotgan “Pari Sen-Jermen” yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar kamida besh futbolchi bilan xayrlashadigan bo‘ldi.

Jurnalist Mark Meshenuaning ma’lum qilishicha, bosh murabbiy Luis Enrike yangi mavsumda qaysi futbolchilar xizmatidan foydalanmasligini bildirgan.

Klub rahbariyati himoyachilar Milan Shkrinyar va Nordi Mukiele, yarim himoyachilar Danilu Pereyra, Manuel Ugarte va Karlos Solerdan tezroq boshqa jamoa topishni talab qilyapti.

Dastlabki xaridorlar ham bor. Karlos Solerga “Vest Xem”, “Brayton”, “Real Sosedad” da’vogarlik qilmoqda. “Maneste Yunayted” anchadan beri Manuel Ugarteni olish harakatida yuribdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!