
PSJ bosh murabbiyi: Parijda ishlash oson emas
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Leyptsig"ga qarshi o‘yindan so‘ng klubdagi vaziyati haqida gapirib o‘tdi.
"Frantsuz matbuotida iste’foga qachon chiqishim haqida ko‘p so‘rashadi. Bu Parijga kelgan har bir menejer duch keladigan vaziyat. Chunki mahalliy jurnalistlar tanqidga tashna bo‘ladi.
Biz har o‘yinda g‘alabani va’da qilolmaymiz. Bugun g‘alaba yoki durang bo‘lishi mumkin edi. Agar biz maydonimizda g‘olib bo‘la olsak, unda vaziyat bizning tomonimizga o‘tib ketadi", - deydi Tuxel.
Fikrlar