PSJ Buffonga o‘rinbosar topdi
Amsterdamning "Ayaks" klubi darvozaboni Andre Onana faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda A Bola nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra kamerunlik posbonning xizmatlariga PSJda qiziqish paydo bo‘la boshlagan. Klubning sport direktori Leonardo allaqachon ushbu transfer yuzasidan Gollandiya chempioni bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli Onana o‘tgan mavsum chempionatda 33ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 27ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar