PSJ "Chelsi" futbolchisini ijaraga olmoqchi

  • 14.07.2019 17:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning  "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Temue Bakayoko yangi mavsumni PSJda boshlashi mumkni.

Goal.com nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar frantsiyalik futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olishmoqchi. O‘z navbatida Bakayoko ham vatanida o‘ynashga qarshi emas.

Biroq, “aristokratlar” FIFAning transfer ta’qiqi sabab yangi futbolchilar sotib olisholmaydi va shu bois Bakayokoni ham tarkibda saqlab qolishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, Bakoyoko o‘tgan mavsumni “Milan”da ijarada o‘tkazdi va jami 42ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol hamda 1ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!