PSJ De Xeaga 24 mln evro maosh va’da qilmoqda

  • 5 aprel, 2019, 10:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi hamon “Manchester Yunayted” darvozaboni David De Xeani qo‘lga kiritishdan umidini uzmayapti.

Tecno

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Frantsiya chempioni 27 yoshli ispaniyalik posbonga yiliga 24 mln evro maosh va’da qilmoqda. O‘z navbatida u bilan shartnomani uzaytirish payida yurgan MYu esa 21 mln evro taklif qilmoqda.

Ma’lumot uchun, De Xea joriy mavsum “qizil iblislar” safida jami 39ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z darvozasidan 48ta gol o‘tkazib yubordi. Uning MYu bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Ammo, mankuanliklarda ushbu kelishuvni yana bir yilga uzaytirish huquqi bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!