PSJ Dezire Duega narx belgiladi
Parijning PSJ klubi jamoa yetakchisi Dezire Duega narx belgiladi. Bu haqida "TEAMtalk" nashri xabar bermoqda.
Manbada berilgan ma'lumotga koʻra, parijliklar yosh vingerni faqat oʻzlari uchun katta foyda bilan sotishmoqchi. PSJ 100 million evrodan boshlab Due uchun takliflarni koʻrib chiqishga tayyor. PSJ fransiyalik futbolchi transferidan 150 million evro ishlab olishni taxmin qilmoqda. Ma'lum boʻlishicha, ayni vaqtda Dezerining xizmatlariga "Liverpul", "Bavariya" va Madridning "Real" klublari qiziqish bildirmoqda. Biroq, futbolchi uchun hali hech kim rasmiy taklif bilan chiqqani yoʻq.
20 yoshli vingerning ayni vaqtda transfer bozoridagi narxi 90 million evroga baholanmoqda.
Ma'lumot uchun, Due joriy mavsum PSJ safida 31 ta bellashuvda maydonga tushib, 10 ta gol kiritgan va 7 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar