PSJ Frantsiya Superkubogini qo‘lga kiritdi

Xitoy Xalq Respublikasining Shenchjen shahrida joylashgan "Lungan" stadionida kechgan uchrashuvda parijliklar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. 13-daqiqada Adrien Yunu hisobni ochgan bo‘lsa, unga Kilian Mbappe va Anxel Di Mariyalar bir martadan javob qaytarishdi va PSJga mamlakat superkubogini tortiq etishdi.

Shu tariqa PSJ o‘z tarixida to‘qqizinchi bor Frantsiya Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Frantsiya Superkubogi

PSJ – "Renn" 2:1 (0:1, 2:0)

Gollar: 0:1 – 13 Yunu, 1:1 – 57 Mbappe, 2:1 – 73 Di Mariya.

PSJ: Areolya, Bernat, Markinos (Paredes, 78), Kerer, Mene (Tiago Silva, 80), Errera (Di Mariya, 61), Verratti, Sarabiya, Diallo, Mbappe, Kavani.

"Renn": Koubek, Morel, Jelen, Da Silva, Mauassa, Burigo (Gboo, 68), Grene, Kamavinga, Te, Yunu (Boe, 46), Lea Siliki (Del Kastiyo, 84).

Ogohlantirishlar: Mene (7), Bernat (23), Burigo (45), Lea Siliki (72), Di Mariya (74), Sarabiya (90), Mbappe (90).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!