PSJ futbolchilari jazolanishi mumkin!

  • 28.09.2023 19:36
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Liga 1 Tartib-intizom qo‘mitasi tez orada PSJ - "Marsel" (4:0) uchrashuvidan keyin yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarda Usmon Dembele, Randal Kolo-Muani, Leven Kurzava va Ashraf Hakimi muxlislar bilan birgalikda mag‘lubiyatga uchragan raqibi haqida haqoratomuz hayqiriqlar aytishgan video paydo bo‘ldi.
 
"L’Equipe" nashri xabariga ko‘ra, Dembele, Kolo-Muani, Kurzava va Hakimi bir o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, PSJ navbatdagi o‘yinini 30 sentyabr kuni "Klermon"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!