PSJ futbolchisi ijara asosida Turkiya klubiga o‘tdi
PSJning 20 yoshli yarim himoyachisi Eduar Mishu bir mavsumlik ijara asosida Turkiyaning "Adana Demirspor" klubiga o‘tdi.
Ma’lum bo‘lishicha, yosh iste’dodni jamoa bosh murabbiyi Patrik Klyuyvertning o‘zi tanlagan va rahbariyatdan bu transferni so‘ragan.
Mishu PSJ akademiyasida tahsil olgan bo‘lib, o‘tgan mavsumni "Sanderlend" klubida o‘tkazdi. Uning parijliklar bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar