PSJ himoyachisiga "Real" va "Siti" qiziqmoqda
PSJ himoyachisi Markinos Evropaning ikki grandi e’tiboriga tushib qoldi.
Le 10 Sport tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli braziliyalik futbolchiga "Real" Madrid va "Manchester Siti" klublari jiddiy qiziqib qolgan. Ularning har ikkalasi ham Markinosning parijliklar bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishni istamayotganidan foydalanib o‘z tomonlariga og‘dirib olishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Markinos PSJ safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 268 ta o‘yinda maydonga tushdi va 20 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transfer narxi esa 65 mln evroga baholanmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar